platina.uz
Jamiyat

Poytaxtga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi

8 va 9 noyabr kunlari poytaxtda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi.

Poytaxtga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi

Poytaxtga yuk mashinalari kirishi cheklanadi. Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisini bu haqda ogohlantirdi.

Aytilishicha, 8 va 9 noyabr kunlari poytaxtda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi.

Shu kunlarda Toshkent shahridagi yuk tashuvchi transport vositalarining shahar markazida harakatlanishi toʻliq toʻxtatiladi.

Toshkent shahar IIBB sammit doirasida belgilanadigan vaqtinchalik cheklovlar sababli vodiydan vohaga hamda vohadan vodiyga harakatlanish 4P-12 avtomagistral yoʻli orqali amalga oshirilishini maʼlum qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid