platina.uz
Jamiyat

Kuchli bosh ogʻrigʻi xavfini kamaytiruvchi ichimlik

Migren — irsiy kasallik boʻlib, asosiy belgisi boshda toʻxtab-toʻxtab tutadigan ogʻriqdir.

Kuchli bosh ogʻrigʻi xavfini kamaytiruvchi ichimlik

Xitoylik olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, qahva migrenlar(boshning qattiq ogʻrishi)ning paydo boʻlishini kamaytiradi. Bu haqda Nature.com xabar bermoqda.

Olimlar qahva isteʼmoli va migren, Alsgeymer yoki Parkinson kasalligi kabi nevrologik kasalliklarning rivojlanish ehtimoli oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlashga harakat qilishgan.

Tadqiqotchilar kofe isteʼmoli va migren oʻrtasidagi sababiy bogʻliqlikni isbotlash uchun genetik maʼlumotlar va MRT natijalaridan foydalanganlar. Nashrning qayd etishicha, kofe ichish nevrologik kasalliklarning oldini olishning bir usulidir.

Migren — irsiy kasallik boʻlib, asosiy belgisi boshda toʻxtab-toʻxtab tutadigan ogʻriqdir, u pulsni yodga soladi. Unga doimo koʻngil aynishi, eshitish va koʻrish taʼsirchanligi ortishi qoʻshiladi: odatiy shovqin va mayin yorqinlik ham gʻashga tegadi, keskin tuyiladi. Ammo barcha belgilar bir vaqtda sodir boʻlmasligi mumkin. Migrenning birinchi alomatlari yoshlikdan paydo boʻladi, masalan qizlarda balogʻatga yetish davrida yoki 20 yoshda. Eng yuqori choʻqqi 30-40 yoshda kuzatiladi.

Avvalroq qahva tarkibida mavjud boʻlgan oʻsimlik moddasi — trigonellin yoshga bogʻliq miya kasalliklarini oldini olishi va xotirani yaxshilashi aytilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid