Ozodbek Nazarbekovga birdaniga uchta oʻrinbosar tayinlandi
Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar tarqatdi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga biryoʻla uchta oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Bahodir Madjidovich Ahmedov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Shuningdek, Avazxon Bahodirovich Tojixonov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konvension markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi
Mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.