platina.uz
Jamiyat

IIB xodimlari spotterlarni noqonuniy ushlagani maʼlum boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh spotterlarning qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

IIB xodimlari spotterlarni noqonuniy ushlagani maʼlum boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh spotterlarning qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi. 2022 yil 26 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Avispottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekistonda spotting harakati rasman qonuniylashtirilgan.

Voqea Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida sodir boʻlgan. Bolalar havo bandargohi chegaralarini buzmagan holda Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan.

Uzbekistan Airports xabariga koʻra, kompaniya Oʻzbekistondagi spotting harakatini qoʻllab-quvvatlaydi va yosh avlod ushbu hobbi bilan shugʻullanishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Kompaniya yil boshidan buyon Toshkent aeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan tashqari spotting-turlar tashkil etilganini taʼkidladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid