platina.uz
Jamiyat

Turkiya filmlari Ispaniyada taqdirlandi

Dunyoning toʻqson mamlakatidan 3 mingdan oshiq filmlar gʻoliblik uchun bellashdi. 

Turkiya filmlari Ispaniyada taqdirlandi

Ispaniyaning Valensiya shahrida tashkillashtirilgan 35- Jahon Turizm filmi taqdirlash marosimida Turkiyaning targʻibot filmlari 3 kategoriyada taqdirlandi.

Turkiyani xalqaro maydonda tanitish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Turkiya Turizmni targʻib etish va rivojlantirish agentligi (TGA) tomonidan tayyorlangan “Go Türkiye, Go to Nature” filmi “Mamlakatlar” nominatsiyasida ikkinchi oʻrinni egalladi.

“Istanbul is The New Cool” filmi “Shaharlar” nominatsiyasida uchinchilikni, “Go Türkiye, Regions” filmi esa, “Mintaqalar” yoʻnalishida beshinchi oʻrinni egalladi.

Turkiyaning Madriddagi Madaniyat va targʻibot idorasidan olingan maʼlumotga koʻra, 1989 yilda tashkil etilgan Xalqaro Turizm Filmi Festivallari Qoʻmitasi (SIFFT) tomonidan beriladigan mukofotlar uchun bu yil 90 dan ziyod davlatdan 3 mingdan ortiq turizm filmlari gʻoliblik uchun bellashayotgani maʼlum qilindi.

Birlashgan Millatlar Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) va Yevropa Sayohat Komissiyasi (ETS) kabi turizm sohasidagi yetakchi tashkilotlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan turizm filmlari festivalida sayyohlik reklamalari, reklama aksiyalari va ijtimoiy media videoroliklari ishtirok etadi.

Turizm sohasida katta obroʻga ega boʻlgan festivalda Turkiya loyiq koʻrilgan mukofotlarni, Madaniyat va turizm vazirligi hamda TGA nomidan Madrid Madaniyat va targʻibot attashesi Hale Yalchiner qabul qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid