platina.uz
Jamiyat

Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan deya topildi

Roʻyxatda Damashq,  Tehron kabi shaharlar ham bor. 

Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan deya topildi

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning eng arzon shaharlaridan deya topildi.

Bu haqda The Economist Group va WCOL (Xalqaro hayot darajasini tadqiqot qilish markazi) maʼlumot bermoqda.

Tadqiqot 2023 yilning 14 avgustdan 11 sentabrgacha oʻtkazilgan.

Unga koʻra, Suriya poytaxti Damashq eng arzon shahar deya topildi. 2011 yildan beri davom etayotgan urush mamlakat iqtisodiyotiga oʻta salbiy taʼsir oʻtkazmoqda.

Ikkinchi oʻrinni Eron poytaxti Tehron egallagan. Yillik inflyatsiya 49 foizni tashkil etishga qaramasdan Eron poytaxti jahonning eng arzon markazlaridan biri boʻlib qolmoqda.

Toshkent roʻyxatda beshinchi pogʻonani egallagan.

Shuningdek roʻyxatdan Hindistonning Ahmadobod va Chennai shaharlari, Tunis, Nigeriyaning Lagos, Liviyaning Tripoli, Zambiyaning Lusaka shaharlari ham joylashgan.

Avvalroq Toshkentda ijara narxi biroz arzonlashgani xabar qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid