platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Dubayga boradi

Prezident sammitning yalpi sessiyasida nutq soʻzlashi hamda qator uchrashuvlar oʻtkazishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Dubayga boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr – 2 dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida boʻladi.

Iqlim boʻyicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.

Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari oʻrin olgan.

Shavkat Mirziyoyev sammitning yalpi sessiyasida nutq soʻzlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Hadli konvensiyasiga 1993 yilda qoʻshilgan, 2018 yilda mamlakatimiz Parij bitimi ishtirokchisi boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid