platina.uz

Oʻzbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi tayinlandi

Avvalgi elchi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyada ish boshlagandi. 

Siyosat
30-noyabr 2023 yil
Oʻzbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi tayinlandi

Karomidin Gadoyev Oʻzbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AAning maʼlumot berdi.

59 yoshli diplomat shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Karomiddin Gadoyev Buxoro viloyati Kumushkent qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 1995 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, Oʻzbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Karomidin Gadoyev 2018–2023 yillarda Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Ravshan Usmonov oʻrnini egallagan. Oʻz navbatida Usmonov noyabr oyi oʻrtalarida Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+