Metroda kaftni skaner qilish orqali toʻlov qilishi imkoniyati yaratildi
Ushbu amaliyot sinov tariqasida ishga tushirilmoqda.
Jamiyat
30-noyabr 2023 yil

Metroda kaftni skanerlash orqali toʻlov qilish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Ushbu amaliyot ilk marta sinov tariqasida Toshkent metropolitenining “Xalqlar doʻstligi” bekatida ishga tushirildi. Bunda kaft skaner ustiga tutiladi va tizim identifikatsiya qiladi va avtomatik tarzda toʻlov yechib olinadi.
Buning uchun ATTO dasturi orqali shaxsiy maʼlumotlarni kiritish zarur. Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablagʻi bilan toʻldiriladi. Shundan soʻng toʻlov uchun kaft kifoya qiladi va hech qanday internetsiz, karta yoki QR-kodli cheklarsiz toʻlovni amalga oshirish mumkin boʻladi.