Chodakda zaharlanayotgan suvga Ekologiya vazirligi javob bermadi
Avvalroq Soliq qoʻmitasi vakili YaTT va undagi soliqlar boʻyicha oldindan kelishilgan intervyudan soʻnggi daqiqalarda qochib ketgandi.

Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinatiga Chodak kon boshqarmasiga qarashli oltin qazib chiqariluvchi konlardan chiqayotgan zaharli suv butun Chodak aholisi ichimlik suvi sifatida foydalanadigan soyga quyilmoqda.
28 noyabr kungi matbuot anjumanida Platina.uz Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼsullarga shu savol bilan yuzlandi. Vazirlik maʼsullari bu savol boʻyicha mutaxassislar anjumanda qatnashmayotgani va savolni yozib olib, keyin javob berishini maʼlum qildi.
Masʼullar ushbu murojaatga eʼtibor qaratib, savolimizga javob, muammoga yechim berishadi, degan umiddamiz.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Soliq qoʻmitasi vakili YaTT va undagi soliqlar boʻyicha oldindan kelishilgan intervyudan soʻnggi daqiqalarda qochib ketgandi.