Byudjet pullari qayerga sarflanishiga qiziqasizmi?
Soʻrovnomada qatnashganlar oʻzlari soliq va boshqa toʻlovlardan toʻlayotgan pullarga qanchalik eʼtiborli yo eʼtiborsiz ekanliklarini bilib olish mumkin.

Odamlar yer, mulk, daromad va boshqa soliqlarni har oyda toʻlashadi. Aholining asosiy soliq va jarimalari, oliy taʼlim shartnoma pullari – shu kabi bir qator toʻlovlar orqali davlat byudjeti shakllanadi.
Xoʻsh, odamlar oʻzlari shakllantirayotgan byudjet pullari qayerga sarflanayotganiga qiziqadimi?
Platina.uz mana shu soʻrov bilan aholiga yuzlandi.
Fazilat Soib