Surxondaryodagi tarixiy yodgorliklarga 7 mlrd. soʻmlik zarar yetkazildi

Bosh prokuratura holat yuzasidan maʼlumot berdi. 

Jamiyat
3-noyabr 2023 yil
Surxondaryodagi tarixiy yodgorliklarga  7 mlrd. soʻmlik zarar yetkazildi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan: 

-mil. avv. V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 m2 qismi kesib olinib, avtomobil yoʻli oʻtkazilishi oqibatida 888 mln. soʻmlik;

-V–VIII asrlarga oid “Gʻoʻrintepa” yodgorligining 200 m2 qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 mlrd. soʻmlik; 

-I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 m2 qismi kesib olinib, hojatxona qurilganligi oqibatida 266 mln. soʻmlik;

-V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 m2 tuproqlari kesib olinib, molxona qurilganligi oqibatida 1,2 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq prokuratura arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni qonunchilik talablariga zid ravishda xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilganini ochiqlangandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+