"Qizil" hududlar masalasi: nimalar amalga oshirildi?

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 758 nafar fuqaroga  2 mlrd 203 mln soʻmlik turli yordamlar koʻrsatildi.

Jamiyat
3-noyabr 2023 yil
"Qizil" hududlar masalasi: nimalar amalga oshirildi?

Prezident topshirigʻiga asosan respublikamizning eng chekka va olis hududlarida tanlab olingan 70 ta “qizil” toifadagi mahallada “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Prezident Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonalari masʼullari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi aʼzolari tomonidan har bir mahalla kesimida “Yoʻl haritalari” ishlab chiqilib, unda hududlar infratuzilmasi, aholi yashash sharoitlari va maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar joy olgan.

Oʻtgan davr mobaynida rejaga muvoffiq qator amaliy ishlar bajarildi.

Jumladan, 2,7 mingdan ziyod uy-joyi taʼmirga muhtoj va oʻta ogʻir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari joriy va kapital taʼmirlab berildi.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 571 ta koʻchalarda ishlar ketmoqda. Xususan, 96 km asfalt, 320 km yoʻl shagʻal, 23 km yoʻlga beton yotqizilib, 25 648 m2 piyodalar yoʻlagi barpo etildi, 1 537 dona yoritish moslamalari oʻrnatildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash uchun 174 km uzunlikdagi yangi elektr tarmogʻi tortildi, 53 ta yangi transformator oʻrnatilib, 184 tasi taʼmirlandi, 4 652 ta simyogʻoch ustunlar beton ustunlarga almashtirildi, 1 583 ta yangi qoʻshimcha temir-beton ustunlar oʻrnatildi.

Gaz taʼminotida 112 ta taqsimlash punkti taʼmirlandi, 4 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortildi, 136 km gaz tarmogʻi taʼmirlandi, 11 325 ta suyultirilgan gaz ballonlar yetkazib berildi. Murojaatlarga asosn  2,2 mingdan ziyod xonadonga 1 168 tonna koʻmir yetkazib berildi.

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun 144 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortildi, 11 kilometri taʼmirlandi, 7 ta yangi ichimlik suvi inshooti oʻrnatildi va 17 tasi taʼmirlandi.

Bundan tashqari, 20 ta koʻp qavatli uyning 243 m2 tom qismi, 41 tasining kirish yoʻlaklari taʼmirlandi.

Mahallalarda 4 mingdan ziyod aholining bandligini taʼminlandi, 277 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashildi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 758 nafar fuqaroga  2 mlrd 203 mln soʻmlik turli yordamlar koʻrsatildi.

Nogironligi boʻlgan 70 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 70 nafariga protez-ortopediya vositalari, 5 789 nafariga bepul dori-darmon vositalari, 145 nafariga tikuv mashinasi va 107 nafar fuqaroga asbob-uskunalar va mehnat qurollari olib berildi.

Aholi sogʻligʻini yaxshilash maqsadida 105 mingga yaqin shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, natijasiga koʻra ularning 785 nafariga davolanish uchun order berildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+