"Grin kard" oʻynadingizmi?

Platina. uz bu boʻyicha kichik soʻrovnoma oʻtkazdi. 

Jamiyat
3-noyabr 2023 yil

Har yili oktabr oyi kelishi bilan xalq orasida “Grin kard” olish haqidagi gaplar ham kirib keladi. AQSh grin-kartasi — Amerika fuqarosi boʻlmagan, ammo u yerda doimiy yashaydigan odamning istiqomat uchun guvohnomasi borligini tasdiqlaydigan va unga ishga joylashish huquqini beradigan identifikatsiya kartasi. Amerika iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlar roʻyxatining birinchiligida turishi hech kimga sir emas. Shuning uchun nafaqat oʻzbekistonliklar, balki boshqa rivojlangan davlat fuqarolari ham bu kartani qoʻlga kiritishga harakat qilishadi.

“Grin kard” lotereyasi gʻoliblari kompyuter dasturi orqali tasodifiy usulda tanlanadi. Biroq bu oson yoʻl orqali yutuq chiqish ehtimoli har qanday lotereyadan yomonroq: uni har yili 11 milliondan ortiq odam oʻynaydi va ularning 50 ming nafariga viza ravo koʻriladi, xolos. Demak yutuq chiqish ehtimoli 200 tadan 1 ga teng. 

Shunday boʻlsa ham “chiqmagan jondan umid” deb, hayotini Amerika bilan bogʻlash istagida boʻlgan aholi bu imkoniyatdan, albatta, foydalanib koʻradi. Xoʻsh, bu yil ham “Grin kard” ishqibozlari omadlarini sinab koʻrishdimi?

Lotoreyada yutib olgach, nima qilishmoqchi? Platina.uz bu boʻyicha kichik soʻrovnoma oʻtkazdi.

— Endi topshiraman. Bu yerda yashash borgan sari qiyin boʻlib boryapti. Daromad topish, oylik taraflama qiyin boʻlib boryapti.

— Ha, roʻyxatdan oʻtdim. Butun oila aʼzolarimga ham qilib berdim. Oʻzbekistonda, oddiy olib qarasak, GMni mashinalaridan boshqa mashinalar yoʻq. Bundan tashqari, oylik ham kam.

— Yoʻq qiziqmadim, Green Card oʻynashga vaqt yoʻq

— Eshitganman, lekin hali oʻynab koʻrmadim

— Oʻynaganman, yutib olsam oʻqishga ketaman.

Maʼlumot oʻrnida, lotereya jarayoni 4 oktabrdan 9 noyabrgacha bir oy davom etadi.

Odinaxon Dehqonova

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+