platina.uz
Jamiyat

Balikesirda turkiy davlatlar oʻrtasida ilk bor fortepiano festivali oʻtkaziladi

Festival uchun murojatnomalar qabul qilish 2023 yilning 1 sentabridan boshlandi.

Balikesirda turkiy davlatlar oʻrtasida  ilk bor fortepiano festivali oʻtkaziladi

Balikesirning ilk nufuzli fortepiano festivali Zihnilatif Turkiy Davlatlar Xalqaro Pianino musobaqasi uchun murojatnomalar qabul qilish 2023 yilning 1 sentabridan boshlandi.

Loyiha rahbari Zihnilatif uyushmasi boʻlgan xalqaro tadbirda, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi; Balikesir shahar hokimiyati, Balikesir universiteti hamda Balikesir shahar kengashi kabi yirik muassasalardan tashqari, Turkiyaning yetakchi Do-Re Music markalari birlashdi.

Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida yetishib chiqqan mashhur turk pianinochisi Goʻkhan Aybulusning hakamlar hayʼati raisligida tashkil etilgan tanlov tashkilotchisi Zihnilatif, iqtidorli bolalarni aniqlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan uyushma boʻlib, shu kungacha koʻplab tadbirlar va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Andrey Pisarev, Gerbert Shux, Murod Adiguzelzade, Gulnora Aziz, Bashar Jan Kivrak va Jem Babajanlardan iborat nufuzli hakamlar hayʼatining oʻz sahna chiqishlari hamda Balikesirlik yosh musiqachilar bilan oʻtkazadigan mahorat darslari Balikesirning badiiy hayotiga mazmun baxsh etadi.

Festivalning ochilish va yopilish marosimlari Tarik Tal va Artun Hoinich boshchiligida Balikesir madaniyat orkestri tomonidan dunyoga mashhur bastalarni musiqa ixlosmandlari eʼtiboriga havola etadi.

Joriy yilning 11-14 dekabr kunlari Balikesir AVLU madaniyat markazida boʻlib oʻtadigan tanlov va festivalga Turk dunyosining barcha davlatlaridan yosh pianinochilar ariza topshirishlari kutilmoqda. Tanlovda dunyoga mashhur pianinochilar qarshisida bellashadigan yosh musiqachilarning xalqaro miqyosda tajriba orttirib, dunyoning barcha konsert zallari uchun musiqiy jihatdan yanada tajribali va kuchliroq boʻlishlari koʻzda tutilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid