AQSh Ukraina urushi tufayli Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritdi
AQSh savdo vazirligi Rossiya va Oʻzbekistondagi 13 ta tashkilotni AQSh milliy xavfsizligi yoki tashqi siyosati manfaatlariga zid faoliyati uchun eksport nazorati roʻyxatiga qoʻshdi.

AQSh Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaning kelajakdagi energiya salohiyatini, sanksiyalarni aylanib oʻtish imkoniyatlari va Ukraina qoʻshinlari hamda texnikasiga tahdid solayotgan uchuvchisiz parvoz apparatlarini maqsad qilgan holda Rossiyadagi yuzlab shaxslar va kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar kiritdi.
Davlat departamentining bayonotida aytilishicha, ushbu soʻnggi cheklovlar Sibirdagi “Arktik-2 SPG” (Árktik SPG 2 — «Novatek» kompaniyasining tabiiy gazni qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish boʻyicha loyihasi) deb nomlanuvchi yirik loyihani ishlab chiqqan, ekspluatatsiya va egalik qilayotgan yirik tashkilotga qaratilgan. Loyiha jahon bozorlariga suyultirilgan gaz yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Vashington, shuningdek, Ukrainada rus harbiylari tomonidan qoʻllanilayotgan “Kub-BLA” va “Lanset” xudkush dronlarini hamda ularni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda gumonlangan tarmoqni, dronlarning yaratuvchisi va dizaynerlarini ham sanksiya nishoniga olgan.
Bundan tashqari, AQSh savdo vazirligi Rossiya va Oʻzbekistondagi 13 ta tashkilotni AQSh milliy xavfsizligi yoki tashqi siyosati manfaatlariga zid faoliyati uchun eksport nazorati roʻyxatiga qoʻshdi.
AQSh, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Xitoyda sanksiyalarni aylanib oʻtishga qarshi kurash olib borgan, chunki Gʻaznachilik departamenti ushbu mamlakatlarda joylashgan kompaniyalar Rossiyaga yuqori ustuvorlikdagi ikki maqsadli (ham tinchlikda, ham urushda foydalanish mumkin boʻlgan) tovarlarni, jumladan, Moskva qurol tizimlari uchun zarur ehtiyot qismlarni joʻnatishni davom ettirayotganini aytdi.
Rossiyada joylashgan yettita bank va oʻnlab sanoat firmalari, jumladan, Rossiyada neftni ilgʻor qayta ishlash uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan "Gazpromneft Catalytic Systems LLC" ham Gʻaznachilik departamenti sanksiyalarga duchor boʻlgan.