platina.uz
Jamiyat

Toshkentda chiqindi uchun toʻlov salkam ikki baravar qimmatladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga koʻra narxlar oshadi. 

Toshkentda chiqindi uchun toʻlov salkam ikki baravar qimmatladi

Toshkentda chiqindi uchun toʻlov salkam ikki baravar qimmatlaydi. Bu boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, "Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi" DUK tomonidan koʻrsatiladigan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar tarifi quyidagicha oʻzgaradi:

Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun koʻrsatiladigan xizmatlar — aholi uchun 7500 soʻm QQSsiz (amaldagi narx 4500 soʻm).

Bu miqdor byudjet tashkilotlari uchun QQSsiz 89 977 soʻmni tashkil etadi (amaldagi narxi 53 ming 986 soʻm).

Mazkur tariflar eʼlon qilingan muddatdan 15 kun oʻtib amalga kiritilishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid