Shavkat Mirziyoyev Putin bilan muloqot oʻtkazdi
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, Oʻzbekiston Prezidentining yaqinda Moskvaga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 6-7 oktabr kunlari Rossiyaga tashrif buyurgandi. Tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti RF rahbari bilan Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim yoʻnalishlari boʻyicha muzokara oʻtkazgan. Jumladan, 7 oktabrdan Rossiyadan Oʻzbekistonga tabiiy gaz eksporti amalga oshira boshlandi.