Prezident tanqid qilgan amaldor yangi lavozimga tayinlandi
Shavkat Mirziyoyev yigʻilish oʻtkazib, sohadagi bir qator kamchiliklarni tanqid qilgan edi.

Shohrux Shoraxmetov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining innovatsiyalar va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
9 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev yigʻilish oʻtkazib, Raqobat qoʻmitasi raisi Shohrux Shoraxmetovni tanqid qilgan va ishdan olish masalasini koʻtargan edi.
Oʻshanda yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi boʻyicha shikoyatlar koʻpligi jiddiy tanqid qilingandi.
Kuni kecha Shoraxmetov qoʻmita raisi lavozimidan ketgan edi.