Olmaliqda mansabdor katta pora bilan ushlandi
U 0,28 gektardan iborat yer uchastkasini 3 qismga boʻlib berish va har bir yer uchastkasiga alohida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni vaʼda qilgan.

Davlat kadastrlar palatasi Olmaliq shahar filiali bosh muhandisi A.I. Xonobod koʻchasida joylashgan 0,28 gektardan iborat yer uchastkasini 3 qismga boʻlib berish hamda har bir yer uchastkasiga alohida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4000 dollar miqdoridagi pulni pora sifatida talab qilgan.
U oldindan 1800 dollarni olib, keyinchalik qolgan 2200 dollarni ariza muallifidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Jabrlangan fuqaro S.J. Toshkent viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga bu boʻyicha murojaat qilgan. Viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan.
Mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatib, dastlabki tergov harakatlari olib boryapti.