BMT Isroil bosqiniga qarshi yangi rezolyutsiya qabul qildi
Hujjatni Oʻzbekiston ham qoʻllab-quvvatlagan.

BMT Bosh Assambleyasi Isroilni bosib olingan Golan tepaliklarini ozod etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjat uchun 91 davlat ijobiy ovoz berdi, ular ichida Oʻzbekiston ham bor. 8 davlat qarshi chiqdi, yana 62 davlat betaraf qoldi.
Rezolyutsiyada Isroildan 1967 yildagi Olti kunlik urushda bosib olingan Golan tepaliklaridan qurolli kuchlarni olib chiqib ketish, shuningdek, 1981 yilda Knesset tomonidan qabul qilingan bu hududda yahudiy davlatining suverenitetini eʼlon qilgan qonunni bekor qilish talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, BMT Xavfsizlik Kengashining 1981 yil 17 dekabrdagi 497-rezolyutsiyasi bilan anneksiya amaliyoti haqiqiy emas deb topilgan.