platina.uz
Jamiyat

"Asakabank" raisiga oʻrinbosar tayinlandi

U Toshkent moliya institutini tamomlagan, mutaxassisligi – loyihalarni moliyalashtirish.

"Asakabank" raisiga oʻrinbosar tayinlandi

Sherzod Soliyev "Asakabank" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Soliyev Toshkent moliya institutini tamomlagan, mutaxassisligi – loyihalarni moliyalashtirish. Ishini 2010 yilda "Asakabank"ning investitsion kompaniyasi "Asaka Investment"da boshlagan. 2015-2017 yillarda ushbu bankda, 2018-2022 yillarda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar 2023 yil mart oyidan beri Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir kotibiyatining tahliliy materiallarni tayyorlash xizmati boshligʻi lavozimida ishlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid