Shavkat Umrzoqov obodonlashtirishga pul ajratdi
Markaziy avariya dispetcherlik xizmatiga 1,6 mlrd. soʻm beriladi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori bilan mahalliy byudjetdan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarga 3 mlrd. 152 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Ushbu mablagʻ koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish xarajatlari, shuningdek, yonilgʻi mahsulotlari narxi oshganini inobatga olgan holda ajratilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Hukumat obʼektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 166 mln. soʻm, Markaziy avariya dispetcherlik xizmatiga 1,6 mlrd. soʻm, Shahar markaziy koʻchalaridan foydalanish, ulardan foydalanish va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 1 mlrd. 248 mln. soʻm ajratiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Umrzoqov 2 ta alohida loyihaga davlat byudjetidan jami 3 mlrd. soʻmdan ortiq pul ajratgandi.