Raqobat qoʻmitasi raisi ishdan ketdi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sharaxmetov Shohruh Shaturgʻunovich lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, qoʻmita raisi faoliyati noyabr oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda tanqid ostiga olingandi.
Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi boʻyicha shikoyatlar koʻpligi Raqobat qoʻmitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani taʼkidlangan edi.