platina.uz
Iqtisod

Prezident Sirdaryodagi megaloyiha haqida gapirdi

Qiymati 1,1 milliard dollar boʻlgan va quvvati 1,5 giga-vattli ushbu stansiya 3 million xonadonni va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini kafolatli taʼminlaydi.

Prezident Sirdaryodagi megaloyiha haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning yetakchi ACWA Power kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar – Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bugʻ-gaz elektr stansiyasi haqida gapirdi.

"Mana shunday hayajonli daqiqalarda ishga tushirilayotgan yangi “Sirdaryo” issiqlik elektr stansiyasi Oʻzbekiston energetika tarmogʻida oʻziga xos etalon loyiha boʻlib, mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshadi. Rekord muddatlarda, davlat kafolatisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga eng zamonaviy va energiya samarador boʻlgan ana shunday yirik stansiya yuqori sifatda qurib bitkazildi", dedi davlat rahbari.

Uning aytishicha, qiymati 1,1 milliard dollar boʻlgan va quvvati 1,5 giga-vattli ushbu stansiya 3 million xonadonni va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini kafolatli taʼminlaydi.

Shuningdek, hozirgi vaqtda Saudiya bilan qoʻshma investitsiya loyihalari portfeli 20 milliard dollarga yetdi, yana 11 milliard dollarlik yangi istiqbolli loyihalar kelishib olindi.

Ayni paytda ACWA Power kompaniyasi ishtirokida respublikaning strategik tarmogʻi boʻlgan energetika sohasida 8 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ular bizning 2030 yilgacha 25 giga-vatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratishga qaratilgan ulugʻvor maqsad va rejalarimizni toʻliq amalga oshirishga juda katta hissa qoʻshadi. Bu muhim loyihalar energetika tarmogʻini modernizatsiya qilib, 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni tejashga, atmosferaga salkam 3 million tonna zararli gazlar chiqishining oldini olishga xizmat qiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid