Toshkent viloyatidagi ogʻir hududlar oʻrganilmoqda

Mingga yaqin oʻta ogʻir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari kapital taʼmirlab berildi.

Jamiyat
27-noyabr 2023 yil
Toshkent viloyatidagi ogʻir hududlar oʻrganilmoqda

Prezident topshirigʻiga asosan joylarda “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha ogʻir hududlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari hamda tegishli vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi boshchiligida  ishlar Toshkent viloyatida ham olib borilmoqda. 

Oʻtgan ikki yarim oy mobaynida Toshkent viloyati boʻyicha tanlangan 4 ta “ogʻir” mahallada – Piskent tumanidagi “Suvti”, Bekobod tumanidagi “Xonobod”, Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Boygʻulli” va Quyichirchiq tumanidagi “Koʻksaroy” MFYlarda 41 ta koʻchada bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.  

Dasturga koʻra 966 ta oʻta ogʻir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari kapital taʼmirlab berildi. Mahallalarda 5,8 km yoʻl shagʻal yotqizildi, 3 772 m2 piyoda yoʻlaklari qurildi. Besh kilometrga yaqin uzunlikdagi yangi elektr tarmogʻi tortildi, 253 dona yoritish chiroqlari oʻrnatildi, 2 ta yangi transformator oʻrnatilib, 11 tasi kapital taʼmirlandi, 1 mingdan ziyod simyogʻoch ustunlarni beton ustunlarga almashtirildi, 82 ta yangi qoʻshimcha temir-beton ustunlar oʻrnatildi.

Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 12 ta gaz taqsimlash punkti, 35,2 km gaz tarmogʻi taʼmirlandi. Aholi talabidan kelib chiqqan holda xonadonlarga qoʻshimcha 126 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 12 tonna koʻmir yetkazib berildi.

Aholining yordamga muhtoj qatlami ijtimoiy hamda tibbiy muhofazasi masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, 289 nafarini doimiy ish joyi bilan taʼminlashda, 36 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishida, 26 nafariga esa 625 mln. soʻm imtiyozli kredit olishiga koʻmaklashildi. “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”dagi 80 ga yaqin fuqaroga 100 mln. soʻmdan ziyod turli moddiy yordamlar koʻrsatildi.

Shu bilan birga 10 mingga yaqin fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik natijasiga koʻra 47 nafariga davolanish uchun bepul order berildi va shifoxonaga joylashtirildi, 500 ga yaqin fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi.

Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida ham turli hil targʻibot-tashviqot ishlari ham olib borildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+