Qrimga kuchli dovul yopirildi, yuz minglab odamlar elektrsiz qoldi
Shuningdek tabiiy ofat Ukraina hududlari, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasidagi shaharlargayam taʼsir qilgan.

Qora dengiz boʻyidagi Rossiya va Ukraina hududlari, jumladan anneksiya qilingan Qrim yarimoroliga kuchli dovul yopirildi.
Qrim rahbariyati maʼlumotiga koʻra, tabiiy ofat natijasida 498 mingdan oshiq kishi elektrsiz qolgan. Hududda shamolning tezligi sekundiga 40 metrga yetdi.
Rossiya tomonidan tayinlagan Qrim rahbari Sergey Aksenov dushanba kunini dam olish kuni deb eʼlon qilgan, maktablar va boshqa ijtimoiy obʼektlar yopildi.
Tabiiy ofat natijasida bir kishi izsiz yoʻqolgani aytilmoqda.
Shuningdek tabiiy ofat Ukraina hududlari, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasidagi shaharlargayam taʼsir qilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy videomurojaat bilan chiqib, fuqarolarni xushyorlik va ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Noqulay ob-havo oqimi hududga Turkiya tomonidan yopirilgan. 25-27 noyar kunlari Turkiyada ham noqulay ob-havo va toshqinlar kuzatilgandi. Jumladan, mamlakatning yirik shaharlardan biri boʻlgan Izmir koʻchalarini suv bosgandi.