Qamoqqa olingan ayollarga byudjet pullarini oʻzlashtirish aybi qoʻyildi
Avvalroq bu boʻyicha 3 nafar shifokor ayollar qamoqqa olingan edi.

Antistrumin dori vositasi bilan bogʻliq jinoyat ishi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan ayollarga byudjet pullarini talon-toroj qilish aybi qoʻyildi.
Ayollarning ikki nafari Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan ayblanmoqda.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudining 2023 yil 7 va 16 noyabr kunlaridagi ajrimlari bilan uchalasi qamoqqa olindi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi.