Nasafda super gʻalaba, OKMK yana yutqazdi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida Nasaf va OKMK jamoalari navbatdagi oʻyinlarini oʻtkazishdi.

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida Nasaf va OKMK jamoalari navbatdagi oʻyinlarini oʻtkazishdi.
Qarshida Al-Faysalini qabul qilgan Nasaf dastlab gol oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, keyinroq oʻzini oʻnglab, hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi. 84-daqiqada mehmonlarning penaltisini Nasaf darvozaboni qaytarganini ham eʼtirof etish kerak.
Olmaliqda kechgan oʻyinda OKMK yana magʻlub boʻldi. Yulduzli tarkibga ega Al-Ittihod jamoasi ularga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, deyish mumkin. Olmaliqliklar 5 turdan keyin birorta ham ochko jamgʻarolmay, musobaqani allaqachon tark etgan.
Nasaf esa bugungi gʻalaba bilan 10 ochko jamgʻarib, guruh peshqadamiga aylandi. Eng yaqin taʼqibchisi Sharja oʻz uyida As-Sadd klubiga yutqazib qoʻydi.
Ertaga Navbahor - Al-Hilol, Al-Ayn - Paxtakor oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Navbahor allaqachon pley-off masalasini hal qilib boʻlgan, Paxtakor bitta gʻalaba va bitta durang bilan qiyin ahvolda turibdi.
OChL, guruh bosqichi, 5-tur
Nasaf - Al-Faysali 3:1
Gollar: Mateus 47, Abdurahmatov 50, Stanoyevich 68 - Bani Xani 45-6
OKMK - Al-Ittihod 1:2
Gollar: Boake 78 - Hamidulloh 30, 34