Mirziyoyev ikki yirik loyihaga start berdi

Jumladan,  Sirdaryodagi loyiha 3 milliondan oshiq xonadonni elektr bilan taʼminlaydi. 

Iqtisod
27-noyabr 2023 yil
Mirziyoyev ikki yirik loyihaga start berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ikki yirik loyihaga start berildi

Prezident 27 noyabr kuni Saudiyaning yetakchi “ACWA Power” kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar - Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bugʻ-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlash marosimida ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga ehtiyojini taʼminlashga imkon beradi.

Bundan tashqari, mintaqamizda ilk bor “yashil vodorod” ishlab chiqarish boʻyicha oʻxshashi yoʻq korxona tashkil etilmoqda. Ushbu “pilot” loyiha doirasida mamlakatimizda birinchi bosqichda 3 ming tonna vodorod ishlab chiqariladi va keyinchalik mineral oʻgʻitlarga qayta ishlanadi, shuningdek, 52 megavattlik shamol elektr stansiyasi quriladi.

Umuman, “ACWA Power” kompaniyasi ishtirokida Oʻzbekistonda 7,5 milliard dollarlik yirik energetika loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi 2030 yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish, 4,5 milliard kub metr gazni iqtisod qilish va atmosferaga zararli moddalar tashlanmalarini 3 million tonnagacha qisqartirish imkonini beradi, deyiladi rasmiy xabarda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+