Hajga boruvchilar roʻyxati ommaga ochiq boʻladi

Bu haqda prezident farmoni imzolandi.

Jamiyat
27-noyabr 2023 yil
Hajga boruvchilar roʻyxati ommaga ochiq boʻladi

2023 yil 1 dekabrdan boshlab hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati toʻgʻrisidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qoʻyilgan sana va roʻyxatdagi tartib raqami) maʼlumotlar joylanadi.

Bu haqda prezident farmoni imzolandi. Shuningdek, ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati quyidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi:

  • bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (roʻyxati) toʻgʻrisidagi (ariza navbatga qoʻyilgan sana, roʻyxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) maʼlumotlar;
  • davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yoʻriqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);
  • markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  • davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan, gʻolib boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi maʼlumotlar.

Bundan tashqari, quyidagilar internet orqali jonli efirda uzatiladi:

  • falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan oʻtkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
  • oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
  • oliy taʼlim muassasalari bazasidagi harbiy taʼlim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari: umumjismoniy tayyorgarlikni baholash va chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash.
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+