Benzemaning Olmaliqqa yurishi: OChLda kun oʻyinlari
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur oʻyinlari boshlanadi.
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur oʻyinlari boshlanadi. Unda bir qator qiziqarli uchrashuvlar boʻlishi kutilyapti.
Xususan, Karim Benzema va Kante kabi futbolchilari bor Al-Ittihod jamoasi Olmaliqda OKMK mehmoni boʻladi. Olmaliqliklar OChLdagi ishtirokini juda omadsiz oʻtkazmoqda.
Shuningdek, Qarshining Nasaf klubi oʻz uyida Al-Faysalini qabul qiladi. Nasafliklarning pley-offga chiqish imkoniyatlari hozircha yuqori boʻlib turibdi.
Namanganning Navbahor jamoasi esa Al-Hilol jamoasini qabul qiladi. Ammo saudiyaliklar safidagi Neymar jarohati sababli bu oʻyinni oʻtkazib yuboradi va Namanganga kelmaydi.
Toshkentning Paxtakor jamoasi esa Al-Ayn mehmoni boʻladi. Ularning guruhdan chiqish masalasi keyingi ikkita oʻyinga bogʻliq.