platina.uz
Sport

Shaxmat boʻyicha jahon chempioniga 100 million soʻm berildi

Afruza Italiyadagi chempionatda tarixiy natija koʻrsatgandi. 

Shaxmat boʻyicha jahon chempioniga 100 million soʻm berildi

Shaxmatchi Afruza Hamdamovaga 100 mln soʻm, uning murabbiyiga esa 50 mln pul mukofoti berildi. Mazkur mukofot puli Prezidentning tegishli qarorida nazarda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Hamdamova Italiyada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida jahon chempioniga aylangandi.

Afruza Oʻzbekiston tarixida shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasidagi ilk jahon chempioni boʻldi.

Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova oʻz yosh toifalarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid