Hollivud yulduzi Travis Fimmel Istanbulga keldi
Aktyor Turkiyaning boshqa koʻplab moʻʼjizalarini oʻzi uchun kashf qilish istagi bilan boʻlishdi.

Hollivudning mashhur aktyori, "Vikinglar" serialida Qirol Ragnar roli ijrochisiTrevis Fimmel Turkiya Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Dr. Batuhan Mumju bilan uchrashdi.
Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Dr. Batuhan Mumju mashhur aktyorga Aya Sofiya muzeyini oʻrganish chogʻida hamrohlik qildi va muzey tarixi borasida qimmatli maʼlumotlarni taqdim etdi.
Aya Sofiya masjidining tarixiy ahamiyati va arxitekturasi haqida maʼlumot toʻplagan Fimmel, muzeyda oʻrnatilgan monitor va quloqchinlar yordamida aks ettirilgan tasvirlarni izlar ekan, hayajonlarini yashira olmadi. Tashrif davomida Fimmel Aya Sofiya va uning oʻtmishiga hayratini qayta-qayta ifodalab, Turkiyaning boshqa koʻplab moʻʼjizalarini oʻzi uchun kashf qilish istagi bilan boʻlishdi.
Mashhur aktyorga tashrifi davomida hamrohlik qilgan vazir oʻrinbosari Batuhan Mumjuning matbuotga bergan xabarida, “2023 yilda Turkiyaga kelgan turistlar soni rekord darajada oshdi. Vazirimiz Mehmet Nuri Ersoyning tashabbuslari bilan ushbu koʻrsatkichlarga erishishida, ayniqsa, 2019 yilda Turkiya Turizmni rivojlantirish va tatbiq etish agentligi (TGA) tashkil etilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Biz 200 ta turli bozorlarda targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazib, mamlakatimizni jahon miqyosida eng faol targʻib qilinadigan davlatlardan biri sifatida qayd etdik. Onadoʻlining boy tarixi Turkiyani xalqaro kino sanoati uchun jozibador manzilga aylantirdi.
Mamlakatimiz jahonga mashhur yulduzlar orasida ham afzal koʻrilayotganining guvohi boʻlish juda quvonarli. Biz targʻibot ishlarining aniq natijalarini koʻrib turibmiz”, deya oʻz fikrlarini bildirdi.