platina.uz
Jamiyat

Andijonda hokim yordamchisi qoʻlga olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Andijonda hokim yordamchisi qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Jalaquduq tumani hokimi yordamchisi qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, hokim yordamchisi D.I. kuz-qish mavsumida koʻmir yonilgʻisi yetkazib berilishini nazorat qilish va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh aʼzosi sifatida tuman koʻmir omboriga nazorat uchun masʼul etib biriktirilganligidan foydalanib, hududdagi 44 ta xonadon uchun 38,1 tonna koʻmirni imtiyozli narxda ajratib berishi evaziga “U.K.” MFY faoli M.A.dan 600 AQSh dollari pora talab qilgan.

Soʻngra ushbu pullar hisobidan 7 mln soʻmni koʻmir ombori hududida oʻzining boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid