platina.uz

Zelenskiy ikki oʻzbekistonlik va ayrim oʻzbek kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritdi

Cheklovlarda milliarder Alisher Usmonovga tegishli oʻrinlar ham mavjud. 

Jahon
24-noyabr 2023 yil
Zelenskiy ikki oʻzbekistonlik va ayrim oʻzbek kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslari, shu jumladan RF bilan aloqador xorijliklarga sanksiya kiritdi.

Ular orasida ikki oʻzbekistonlik va oʻzbek kompaniyalari bor. Ularning nomi ochiqlanmagan.

Sanksiyaga tushganlar ichidan shuningdek, Ukraina,Avstriya, Buyuk Britaniya, Kipr, Belarus, Germaniya fuqarolari ham joy olgan.

Shuningdek, roʻyxatda Alisher Usmonovga tegishli USM kompaniyasi top menejerlari Nozima Efendiyeva, Vaxtang Kocharov va Valeriya Kazikayeva, Usmonovning sobiq rafiqasi Irina Vernerning oʻgʻli Natan Vernerga ham cheklov joriy etilgan.

Ularga qarshi sanksiyalar 10 yilga qoʻllaniladi. Shuningdek, cheklovlar ularning aktivlarini blokirovka qilish, litsenziyalarni bekor qilish, Ukraina hududida tranzit va savdo operatsiyalarini cheklash, xususiylashtirish va davlat xaridlarini taqiqlashni nazarda tutadi.

Shuningdek, sanksiyalarning ikkinchi roʻyxatida 87 nafar Rossiya fuqarosi bor. Ular orasida rossiyalik mashhur siyosatchi Anatoliy Chubays ham bor.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+