Shavkat Mirziyoyev muhim takliflar bilan chiqdi
Shavkat Mirziyoyev BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPEKA sammitida soʻzga chiqdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPEKA sammitidagi nutqida quyidagi takliflarni ilgari surdi:
- BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi va ESKATO ekspertlari bilan birgalikda “SPEKA–2030” taraqqiyot konsepsiyasini ishlab chiqish;
- Mintaqaviy savdoni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasini ishlab chiqish;
- SPEKAning Maqsadli jamgʻarmasini tashkil etishni tezlashtirish va kelgusi yilning oʻzida uning amaliy ishini yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston oʻz moliyaviy hissasini qoʻshishga tayyor.
- Transkaspiy multimodal yoʻlagi boʻyicha maʼlumot va hujjatlar almashish jarayonini raqamlashtirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni hayotga toʻliq tatbiq etish;
- oziq-ovqat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha yuqori darajadagi maxsus ishchi guruhini tuzishni va uning ilk uchrashuvini kelgusi yili Samarqandda oʻtkazish;
- suv, energetika, ekologiya va qishloq xoʻjaligi sohalari oʻzaro uzviy bogʻliq ekanidan kelib chiqib, SPEKAning keng koʻlamli yangi konseptual hujjatini – koʻp tomonlama “Yashil strategiyasi”ni qabul qilish;
- ishbilarmon xotin-qizlarning faol tashabbuslarini va aniq rejalarini doimiy va tizimli ragʻbatlantirish maqsadida SPEKA Tadbirkor ayollari kengashini tuzish;
- Kengash doirasida mamlakatlar ravnaqi va iqtisodiy taraqqiyotiga, umumiy hamkorligimizga beqiyos hissa qoʻshib kelayotgan ayollarni “SPEKA eʼtirofi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlash.