Qaysi mashhur inson bilan ovqatlanishni xohlar edingiz?
Platina.uz aholi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazdi.
Inson hayoti davomida kimgadir havas qiladi, kimnidir oʻziga “kumir” deb hisoblaydi. Baʼzan oʻsha idealidagi odamga oʻxshashni, hatto undanda yuqori natijalarga erishishni oʻylab harakat qiladi.
Baʼzilar oʻzi havas qilgan insonni bir marta boʻlsa ham koʻrishni, yoki u inson bilan bir piyola choy ustida suhbat qurishni, fikr almashishni ham xohlashi mumkin. Platina.uz bu istaklarni amalga oshirmasa ham “Qaysi mashhur inson bilan ovqatlanishni xohlar edingiz?” savoli bilan aholi fikriga qiziqdi.
— Jony, Tom Kruz, Benom, Murod Nazarov, Dili.me, Mitti.me, Islom Karimov, Paulo Dibala, Lionel Messi, Ronaldu.
Aholining koʻpchilik qismi mashhur qoʻshiqchi, aktyor, futbolchi, bloger va biznesmenlarga qiziqish bildirdi. Shuningdek, respondentlarimizdan biri Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovni ham eslab oʻtdi.
Odinaxon Dehqonova