Nega Toshkent gʻir etgan shamolga changlanaveradi?
Koʻchangizdagi daraxtlarni tomosha qiling va koʻcha chiroqlari yonidagi daraxtlar baʼzan barglarini yorugʻlikka qaragan tomonday uzoqroq ushlab turishini sezishingiz mumkin.
Shahardagi daraxtlar oʻrmondagilardan farqli ravishda koʻp stresslar bilan yashaydilar – yoʻl tuzi, tuproq siqilishi, maysazorlarga zarar yetkazish. Ular, shuningdek, qop-qorongʻi boʻlmagan muhitda yashaydilar. Masalan, insonning oʻzi ham uxlashi, dam olishi uchun butunlay qorongʻuni xohlaydi. Daraxtlar buni boshdan kechiradi – kunduzi yorqin yorugʻlik, kechasi esa toʻliq qorongʻi. Doimiy yorugʻlikda yursangiz, chiroqlarni oʻchirishni xohlaysiz. Daraxtlar ham mana shunday kun va tunni his qilishi kerak. Ular kun uzunligini aniq bilishlari uchun yorugʻlikni oʻlchashning juda sezgir usulidan foydalanadi. Daraxtlar yorugʻlikni qandaydir molekulyar soat bilan oʻlchaydilar, kun uzunligini, faslni mana shu yorugʻlik bilan bilishadi, shuningdek, boshqa daraxtlarga masofani aniqlash uchun soyalarni oʻlchashlari mumkin. Kechasi yorugʻlik bu holatni buzishi mumkin.
Koʻcha chiroqlari qanchalik koʻp boʻlsa, u daraxtning oʻsishiga shunchalik taʼsir qiladi. Tashqi soyalar va yorugʻlik haqidagi maʼlumotlar daraxtlarga fotosintez, bahorgi kurtaklar paydo boʻlish vaqti, barglarning rangi va oʻlik barglarning toʻkilishi kabi muhim jarayonlarni qachon amalga oshirish kerakligini aytadi. Daraxtlarning changlatuvchilari uchun qorongʻulik muhim ahamiyatga ega. Sunʼiy yorugʻlik kun uzunligini uzaytirish orqali daraxtlarni chalkashtirib yuboradi, bu gullash vaqtini oʻzgartirishi va doimiy oʻsib boradi, daraxtlar qishki ob-havoning ogʻir sharoitlarida omon qolishga imkon beruvchi uyqu holati rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Toʻsatdan (evolyutsiya davrida) shaharlarimizga yorqin chiroqlar qoʻshsak va daraxt eksak, nima boʻladi? Koʻchalarni yoritish uchun gaz chiroqlaridan foydalanish taxminan 1816 yilda boshlangan va butun dunyoga tarqalgan. Koʻp oʻtmay, odamlar bu chiroqlar yonidagi daraxtlarda juda gʻalati holatlar – yoz oʻrtalarida barglarini yoʻqotayotgani, yangi paydo boʻlgan gʻalati novdalari yoki poyada oʻsayotgan ildizlarini payqab qolishdi. Koʻp daraxtlar nobud boʻldi. Tez orada kuzatuvchilar bu taʼsirlar yorugʻlik emas, balki yorugʻlik gazi ekanini tushunishdi. Rossiyadagi aspirant Dimitriy Nelyubov buni tushundi va 1901 yilda yorugʻlik gazining tarkibiy qismi boʻlgan etilen gʻayritabiiy oʻsishga olib kelishi haqidagi kashfiyotni eʼlon qildi. 1935 yilga kelib, olimlar etilen oʻsimliklarning normal oʻsishi jarayonida ishlab chiqariladigan oʻsimlik gormoni ekanini tushunishdi. Bananlarning pishishiga va olma chirishiga etilen sabab boʻladi.
Elektr yoritgichi paydo boʻlishi bilan gaz muammosi yoʻqoldi. Ammo yorugʻlikning oʻzi daraxt oʻsishiga kuchli taʼsir qiladi. Koʻchangizdagi daraxtlarni tomosha qiling va koʻcha chiroqlari yonidagi daraxtlar baʼzan barglarini yorugʻlikka qaragan tomonday uzoqroq ushlab turishini sezishingiz mumkin.
Barcha sunʼiy yorugʻlik daraxtlar uchun zararli boʻlsa-da, eng koʻp zarar yetkazadigan ikkita tur mavjud: doimiy yorugʻlik, qizil va infraqizil toʻlqinlarga boy yorugʻlik. Uzluksiz yoritish juda keng tarqalgan boʻlib, daraxt tabiiy yorugʻlikni aniqlay olmaydi. Uzluksiz yorugʻlikda oʻstirilgan daraxtlarning barglari kattaroq boʻlishi mumkin va shuning uchun barglardagi stomatal teshiklar uzoq vaqt davomida ochiq qolishi sababli vegetatsiya davrida havo ifloslanishi va suv taʼsiriga koʻproq moyil boʻlishi mumkin. Daraxtlar oʻzidagi imunitetni yoʻqotib, oʻzi tashqi taʼsirlarni anglolmayotgan paytda nafaqat karbonat angirid(CO2)ni kislorodga aylantirishga qiynaladi, havoni yaxshilash va havo ifloslanishiga qarshi kurasholmay qolishi mumkin.
Koʻcha chiroqlarining daraxtlarga yanada muhimroq, ammo bilvosita taʼsiri bor, yaʼni daraxtlarni changlatuvchi tungi hasharotlar va ulardan yashash joyi sifatida foydalanadigan tungi sutemizuvchilarga taʼsir qiladi. Misol uchun, koʻcha chiroqlari yordamida hasharotlar oʻz oʻljasini oson topadi.
Dunyo tajribasi boʻyicha fikrlar xilma-xil, qarama-qarshiliklar bor. Ammo olimlarning faktlarini inkor etib boʻlmaydi. Hech boʻlmasa shahar daraxtlari haqidagi koʻrayotgan natijalarimiz qaysi fikrlar toʻgʻriligini isbotlaydi. Daraxtlar ham inson, ular ham yashash huquqiga ega ekanliklarini tushunish kerak. U eʼlonlar taxtasi yoki yangi yil chiroqlar ustuni emas. Shuncha saʼy-harakatlarimizga, qonunchilikda belgilanganiga qaramasdan, hali-hamon chiroqlar joyida koʻpaysa-koʻpaymoqdaki, kamayayotgani yoʻq.
Platina.uz avval ham bu masalani fotofaktlar bilan bir necha bor koʻtargandi. Masʼullar jim. Olimlarning fikricha, mana shu chiroqlar sabab daraxtlar havo ifloslanishiga qarshi imunitetini yoʻqotishi mumkin. Natijada shahar gʻir etgan shamolga ham changlanaveradi.
Fazilat Soib