Chatalhoʻyuk soʻnggi texnologiyalarga ega axborot markazini taqdim etdi
Hududning ahamiyati uning madaniy va ijtimoiy tuzilmalarining qoniqarli saqlanib qolganligidadir.

Turkiyaning markazida joylashgan, neolit davriga oid mashhur qazishma maydonchasi boʻlgan Chatalhoʻyuk, tashrif buyuruvchilarni oʻtmishga sayohat qilishga taklif qiladi. YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Chatalhoʻyuk hududi 9000 yildan ortiqroq boʻlgan jamiyat haqida tasavvur beradi. Artefaktlar, gʻishtli uylar va ibodatxonalar, undagi dastlabki koʻchmanchilarining hayoti, eʼtiqodlari va ijtimoiy rivojlanishi haqida batafsil maʼlumot beradi.
Chatalhoʻyukning ahamiyati uning madaniy va ijtimoiy tuzilmalarining qoniqarli saqlanib qolganligidadir. Bu esa insoniyat jamiyati evolyutsiyasi, ijtimoiy tashkilot va madaniy amaliyotlar haqida bebaho maʼlumotlar beradi. Aholi punktining oʻta murakkab dizayni – jamoa boʻlib qurilgan uylar, umumiy devorlar va tomning teshiklari orqali kirish - shaharsozlik va barqaror hayotning murakkab tushunchasini namoyish etadi va bu uni muhim akademik va tarixiy ahamiyatga ega hududga aylantiradi.
Turkiya, madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha davom etayotgan islohotlari doirasida dunyoning qadimiy va muhim aholi punktlaridan biri boʻlgan Koniyaning Chatalhoʻyuk mintaqasida tashrif buyuruvchilar uchun eng zamonaviy axborot markazini tashkil etdi. Hudud targʻibotiga xissa qoʻshishi va Koniya turizmini jonlantirishi kutilayotgan Chatalhoʻyuk Axborot-maʼrifat markazi ushbu arxeologik xazinani kashf qilish va qadrlashning yangi davrini eʼlon qiladi.
Arxeologik maydon ichida joylashgan Chatalhoʻyuk Axborot va maʼrifat markazi arxeologik moʻʼjizalar va madaniy aloqalarga toʻla boʻlgan dunyoga ochilgan ramziy darvoza hisoblanadi. Konya shahar hokimligi, Mavlono taraqqiyot agentligi va Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan ushbu qoʻshma loyiha Turkiyaning Chatalhoʻyuk merosini barqaror tarzda saqlash va baham koʻrish majburiyatini aks ettiradi.
Turkiyaning eng katta yogʻoch jamoat binosi
Turkiya, 4500 m² yopiq koʻrgazma maydonini oʻz ichiga olgan noyob interaktiv maydon boʻlgan Chatalhoʻyuk Axborot-maʼrifat markazini taqdim etishdan mamnun. Markaz, Chatalhoʻyuk va uning atrofi, qazish joylari va neolit davridagi hayot va oʻlim mavzulari haqida atroflicha maʼlumotlarga ega boʻlishni taklif etadi. Zamonaviy eksponatlar, interaktiv displeylar va qiziqarli multimediya inshootlari bilan markaz, tashrif buyuruvchilarni Chatalhoʻyukning sirli olamiga chuqur shoʻngʻishga, uning murakkab tarixi va qadimgi aholisining turmush tarzini bevosita anglashga undaydi.
Chatalhoʻyuk Axborot-maʼrifat markazi tashrif buyuruvchilarning tarixiy va arxeologik manfaatlarini qondirish bilan bir qatorda, ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ham moʻljallangan. U tarixga qiziquvchilarni va izlanuvchan aql-idrok sohiblarini Chatalhoʻyukda uzoq va mazmunli sayohat qilishga chorlaydi.