Shimoliy Koreya yadro qurolini sinovdan oʻtkazmoqchi
Janubiy Koreya razvedkasi jarayon boʻyicha kutilmalarni eʼlon qildi.

KXDR yil oxirigacha yadroviy sinovlar oʻtkazishi va yangi razvedka sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishi dargumon, biroq bu amaliyotni kelayotgan 2024 yilda amalga oshirishi mumkin, deya maʼlumot beradi Janubiy Koreya razvedkasi.
Ushbu xabar mamlakat parlamenti razvedka qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Yu San Bom tomonidan eʼlon qilingan.
“Davlat razvedka xizmati yaqin kunlarda yettinchi yadro sinovi belgilarini qayd etmayapti... 2023 yilda yadro sinovlari oʻtkazilishi ehtimoli past deb baholanmoqda. Lekin 2024 yilda Kim Chen Inning tegishli qarori qabul qilinsa, u istalgan vaqtda oʻtkazilishi mumkin”, — deya deputatning soʻzlaridan iqtibos keltirgan Yonhap agentligi.
“Yangi sunʼiy yoʻldoshlarni yaratish uchun uch yildan koʻproq vaqt ketadi, agar Shimoliy Koreya ular olgan Guam orolining suratlarini koʻrsatmasa, biz ularning sunʼiy yoʻldoshlarining imkoniyatlarini baholay olmaymiz”, — deydi razvedka xizmati vakillari Janubiy Koreya deputatlariga.
Bundan tashqari, razvedka xizmati vakillari Shimoliyning qitʼalararo ballistik raketalar uchun qattiq yonilgʻi dvigatelini yaratish amaliyoti hali ham dastlabki bosqichda deb hisoblashgan.
Avvalroq Janubiy Koreya KXDR bilan 2018 yilda imzolangan kelishuvni qisman toʻxtatgandi. Mamlakat shimollik qoʻshnisini aygʻoqchi qurilmalar uchirishda ayblagan.