platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev tarixiy qarorga munosabat bildirdi

YuNESKO Bosh Assambleyasi qarori oʻzbek diplomatiyasi gʻalabasi sifatida baholangan. 

Shavkat Mirziyoyev tarixiy qarorga munosabat bildirdi

Parijda boʻlib oʻtayotgan YuNESKO Bosh Assambleyasida navbatdagi 43-sessiyani 2025 yilda Samarqandda oʻtkazish rasman maʼqullandi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur tarixiy voqeaga munosabat bildirdi.

"Koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan barcha xorijiy doʻstlarimiz va sheriklarimizga YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda qadim Samarqandda oʻtkazish toʻgʻrisidagi tarixiy qarorni qoʻllab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Mintaqamizda birinchi marta oʻtadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston boʻlajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi" deydi prezident .

Bosh Assambleyaning sessiyasi oxirgi marta Parijdan tashqarida 1985 yilda (Sofiya shahri, Bolgariya) boʻlib oʻtgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid