Hollivud aktyori jinsiy zoʻravonlikda ayblanyapti
Eslatib oʻtamiz, Foks "Oskar"dan tashqari "Oltin globus", BAFTA kabi sovrinlarini ham qoʻlga kiritgan.
"Oskar" mukofoti sovrindori Jeymi Foks jinsiy zoʻravonlikda ayblanib sudga berildi.
Anonim jabrlanuvchining taʼkidlashicha, 2015 yilda u Foksdan Nyu-Yorkdagi Catch klubida birga suratga tushishni soʻragan. Aktyor rozi boʻlgan, soʻng ayolni xilvat joyga olib borib, nomaqbul xatti-harakatlar sodir etgan.
Ayolning soʻzlariga koʻra, Foksning qoʻriqchisi nima boʻlayotganini koʻrgan, biroq aralashmagan. Jabrlanuvchining sherigi kelganidan keyingina aktyor toʻxtab, chiqib ketgan. Jabrlanuvchi ayol "ogʻriq, azob-uqubat, hissiy iztirob, tashvish va tahqirlash" uchun kompensatsiya talab qilmoqda.
Catch klubi va uning egasi Mark Birnbaum ham ayblanuvchilar sifatida qayd etilgan.
Joriy yilning boshida Foks shifoxonaga yotqizilgan edi. Uning kasalligi oshkor etilmagan, aktyor may oyida davolanib chiqqan.
Eslatib oʻtamiz, Jeymi Foks "Oskar"dan tashqari "Oltin globus", BAFTA kabi sovrinlarini ham qoʻlga kiritgan. Bu mukofotlar "Rey" filmidagi ijrosi uchun berilgan.