platina.uz
Jamiyat

Fuqarolar dori sinovlarida ixtiyoriy qatnashishi mumkin

Bunda klinik tadqiqot rahbari tadqiqotda qatnashadigan shaxsga tadqiqot usulining ahamiyati, mohiyati va ehtimoliy xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart.

Fuqarolar dori sinovlarida ixtiyoriy qatnashishi mumkin

Farmakologik vosita yoki dorining klinik tadqiqotida sogʻlom shaxslar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin.

“Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.

Bunda klinik tadqiqot rahbari tadqiqotda qatnashadigan shaxsga tadqiqot usulining ahamiyati, mohiyati va ehtimoliy xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart.

Shaxs tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli. Tadqiqotda voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz shaxs ishtirok etganda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.

Voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin voyaga yetgan shaxsda klinik tadqiqot oʻtkazilgan boʻlishi kerak.

Qonun kecha, 22 noyabrdan kuchga kirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid