Elektron sigaretlar saratonga olib kelishi maʼlum qilindi
Shuningdek, ular nafas olish tizimining ogʻir kasalliklariga sabab boʻlishi mumkin.

Elektron sigaretlar ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin, xususan, saraton va nafas olish yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.
Ushbu odat nikotinga qaramlikni yengishda unchalik yordam bermaydi, chunki u ham chekuvchilarning sogʻligʻiga jiddiy putur yetkazadi, deydi onkolog Suna Isakova.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, elektron sigaret (veyp) haqiqiy tamaki muqobili boʻla olmaydi, chunki ular tarkibida kanserogenlar ham bor - bu oʻpka va ogʻiz saratonini keltirib chiqaradigan moddalardir. Bundan tashqari, bu tamaki alternativi oʻpkaga jiddiy zarar etkazishi mumkin, bu esa "veyper kasalligi"ni keltirib chiqarishi mumkin.
"Kasallikning jiddiy shakli nafas olish tizimining ogʻir yetishmovchiligidir", dedi Suna Isakova.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, nazariy jihatdan elektron sigaretalar baribir ogʻir chekuvchilarga yordam berishi mumkin, biroq amaliyot shuni koʻrsatadiki, odatda bitta yomon odat shunchaki boshqasiga almashtiriladi, deya shifokordan iqtibos keltiradi “Lenta”.