AQSh-Kanada chegarasida kuchli portlash sodir boʻldi
Niagara-Fols meriyasi maʼlumotlariga koʻra, chegarada avtomobil portlab ketgan.

AQSh-Kanada chegarasida, Niagara sharsharasi yaqinidagi Rainbow koʻprigida kuchli portlash sodir boʻldi.
Bu haqda mahalliy maʼmuriyat va Federal qidiruv byurosi maʼlumotlariga tayanib, ABC News xabar berdi.
Niagara-Fols meriyasi maʼlumotlariga koʻra, chegarada avtomobil portlab ketgan. Chegara posti hududi vayronaga aylangan, ikki kishi qurbon boʻlgani aytilmoqda. AQSh prezidenti Jo Bayden va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo vaziyatdan xabardor qilindi.
Portlash sabab mamlakatlar oʻrtasidagi toʻrtta chegara punkti vaqtincha yopib qoʻyildi.
Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlamoqda.