platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi

Bokuda BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi sammiti oʻtkaziladi. 

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Prezident Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport yoʻlaklarini raqamlashtirish uchun “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish, ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish va boshqa masalalar oʻrin olgan.

SPEKA dasturi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish hamda ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga koʻmaklashish maqsadida 1998 yil 26 mart kuni Toshkent deklaratsiyasiga muvofiq taʼsis etilgan. Ishtirokchi davlatlar – Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston.

Shu kunlarda Boku shahrida SPEKAning qator ishbilarmonlik tadbirlari, shu jumladan iqtisodiy forum va Markaziy Osiyo mamlakatlarining sanoat salohiyati koʻrgazmasi oʻtmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid