Putin kuchli yigirmatalik sammitida qatnashadi
Joriy yil mart oyida Putinni hibsga olish boʻyicha order berilgandi.
Rossiya prezidenti bugun, 22 noyabr kuni videokonferensiya orqali G20ning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilda Hindiston raisligi yakunlarini sarhisob qilish, global iqtisodiyot va moliyadagi vaziyat, iqlim kun tartibi, raqamlashtirish masalalari va boshqa mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, bu G20 tashkilotining bu yildagi ikkinchi sammitidir. Birinchi sammit Hindiston poytaxtida 9-10 sentabr kuni oʻtkazilgandi. Unda Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashgan.
Eslatib oʻtamiz, Xalqaro jinoiy sud shu yilning mart oyida Vladimr Putinni hibsga olish boʻyicha order bergandi. Shundan keyin Putin JARdagi BRIKS sammitini ham oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.
Telegramda kuzatib boring!