Oʻzbekiston inglizlar ustidan gʻalabaga erishdi
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati nimchorak final oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasi Angliya termasiga qarshi maydonga tushdi.

Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati nimchorak final oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasi Angliya termasiga qarshi maydonga tushdi.
Oʻyinda hisobni Amirbek Saidov 4-daqiqada ochgan boʻlsa, 35-daqiqada Joel Ndala hisobni tenglashtirdi. Futbolchilar shu hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi.
Ikkinchi boʻlimning 67-daqiqasida raqib darvozasi tomon belgilangan jarima zarbasini Lazizbek Mirzayev mohirona ijro etdi va Oʻzbekistonni oldinga olib chiqdi.
Endi hamyurtlarimiz chorak finalda oʻz raqibini kutadilar. Chorak finalda bizga Fransiya - Senegal juftligi gʻolibi raqib boʻladi.
JCh U-17, nimchorak final
Angliya - Oʻzbekiston 1:2
Gollar: Ndala 35 - Saidov 4, Mirzayev 67
Chorak final juftliklari
Ispaniya - Germaniya (24.11)
Braziliya - Argentina (24.11)
Mali - Marokash (25.11)
Oʻzbekiston - Fransiya/Senegal (25.11)