platina.uz
Jamiyat

Istanbul ramzlaridan biri boʻlgan Haydarpasha vokzali asl holiga keltirilmoqda

Vokzalning qurilishi Usmonlilar davri sultoni Abdulhamid II ning buyrugʻi bilan boshlangan.

Istanbul ramzlaridan biri boʻlgan Haydarpasha vokzali asl holiga keltirilmoqda

Tarixidagi eng keng qamrovli qayta tiklash ishlari olib borilgan Haydarpasha vokzali, bir filmdagi epizoddan kelib chiqib asl holiga keltirildi va alanga ostida qolgan tomi yangilandi.

Istanbul

Kadikoʻy qirgʻogʻida joylashgan Haydarpasha vokzalining qurilishi 1906 yil 30 mayda Usmonlilar davri sultoni Abdulhamid II ning buyrugʻi bilan boshlangan.

Sulton Abdulhamid II, “Mamlakatga shuncha kilometr temir yoʻl qurdirdim, poʻlat relslarning boshi Haydarpashaga borib taqaladi. Menga oʻsha relslarning dengizga borib yetgan nuqtasida shunday bino qurib bering-ki, uni koʻrgan aholi “Bu yerdan ulovga mindingmi, hech qayerda toʻxtamay Makkaga ham yetasan” deb aytishsin”, — deydi. Uning buyrugʻi bilan qurilishi boshlangan port 1908 yil 19 avgustda foydalanishga topshirilgan.

Nemis arxitektorlari Otto Ritter va Helmut Kuno tomonidan qumloq yerga yogʻoch qoziqlar bilan qurilgan ushbu stansiya, 114 yillik tarixi davomida koʻplab baxtsiz hodisalarga duchor boʻlgan.

Istanbul-Bagʻdod/Hijoz temir yoʻlining boshlangʻich nuqtasi boʻlgan va Turkiya uchun muhim madaniy meros hisoblangan ushbu stansiya, Mustaqillik urushi va Birinchi jahon urushi davrida qurol-yarogʻ saqlash joyi sifatida foydalanilgan. Shu sababli 1917 yil 6 sentabrda vayron qilindi, oʻq-dorilar ombori portlatildi va stansiyaga jiddiy zarar yetkazildi.

Qator baxtsizliklar koʻrgan Haydarpasha vokzali tomining oʻrta va shimoliy qismlari 2010 yilda yongʻinda yonib ketgan. 2016 yilda boshlangan qayta tiklash ishlari doirasida jiddiy shikastlangan tom qismi va kutish zali asl holida qurib bitkazildi. Vokzal binosining tashqi jabhasi va xoʻjalik inshootlarida ishlar davom etmoqda.

"Tosh ishlab chiqarish noyob texnikaga muvofiq amalga oshirildi"

Restorator-arxitektor Shuheda Korkmaz bir paytlar “Istanbulning Onadoʻliga ochilgan eshigi” hisoblangan, son-sanoqsiz qovushish va ajralishlarga guvoh boʻlgan, koʻplab kino sahnalarida tasvirga olingan stansiyaning qayta tiklash jarayoni haqida maʼlumot berdi.

Korkmaz, vokzalning taʼmir ishlari juda batafsil va sinchkovlik bilan amalga oshirilganligini taʼkidlab, bir qancha bezaklar, tarixiy soatlar, asl koshinli pol qoplamalari, devor qoplamalari, oltin varoqli aplikatsiyalar, yogʻoch eshiklar va kutish zalida deraza ishlari kabi bir qator ishlar tugallanganini maʼlum qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid